Harry Kane Robert Lewandowski rekordini yangilamoqchi

Bavariya hujumchisi Harry Kane kelasi mavsumda Bundesliga doirasida Robert Lewandowski o‘rnatgan rekordni yangilashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Angliya terma jamoasi sardori ushbu natijani ortda qoldirish imkonsiz emasligini ta’kidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Robert Lewandowski 2020-21 yilgi mavsumda 41 ta gol urib, rekord o‘rnatgan edi. Harry Kane ushbu cho‘qqini zabt etish uchun jarohatlardan holi bo‘lish va barqaror o‘yin ko‘rsatish muhimligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar jismoniy holati yaxshi bo‘lsa, bu natijani yangilash real vazifa hisoblanadi.
Hozirda Harry Kane barcha musobaqalarni hisobga olganda 58 ta gol bilan Robert Lewandowski’ning 55 ta gollik rekordini allaqachon ortda qoldirgan. Biroq, Bundesliga doirasidagi 41 ta gollik marra hali ham o‘z egasini kutmoqda.
Shaxsiy yutuqlardan tashqari, Harry Kane Bavariya safida sovrinlar yutishda davom etishni istaydi. U jamoasi bilan ichki chempionatda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, endilikda DFB-Pokal finalida Stuttgart ustidan g‘alaba qozonib, mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashni rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!