"Kechir" yozuvli avtomobil ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda qiziqarli video keng tarqalmoqda. Unda harakatlanayotgan haydovchi oldinda maxsus avtoevakuatorda olib ketilayotgan Zeekr 007 GT avtomobilini tasvirga olgan.
Videoda eng ko‘p e’tibor tortgan jihat avtomobilning davlat raqami o‘rnida «Kechir» degan yozuv joylashtirilganidir. Bu holatni tasvirga olgan haydovchi ushbu avtomobil bir yigit tomonidan sevgilisidan uzr so‘rash maqsadida tayyorlangan sovg‘a bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi.
Uning aytishicha, qimmatbaho Zeekr 007 GT avtomobili maxsus bezatilib, davlat raqami o‘rniga «Kechir» yozuvi o‘rnatilgan. Bu esa ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgan.
Hozircha mazkur voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot yoki video ishtirokchilarining izohi mavjud emas. Shu bois videoda aytilgan ma’lumotlar hozircha tasdiqlanmagan.
Shunga qaramay, tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, foydalanuvchilar tomonidan turlicha fikrlar bildirilmoqda.































Izohlar 0
…