MIB: Qibrayda olib borilgan tushuntirish ishlari o‘z samarasini berdi

MIB: Qibrayda olib borilgan tushuntirish ishlari o‘z samarasini berdi

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minotini ta’minlash Byuro organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Jumladan, Majburiy ijro byurosining Qibray tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdorU.A.dan undiruvchi A.A.ning foydasiga 1/4 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor U.A. bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, undiruvchi A.A.ga jami 397 mln. so‘mlik aliment pullari to‘lab berildi.

Yana bir shunday holatda, MIB Qibray tuman bo‘limi xodimlarining sa’y-harakatlari bilan qarzdor A.T. hisobidan undiruvchi L.T.ning foydasiga 1/2 qismi miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi L.T.ning foydasiga 138 mln. so‘m aliment pullari oldindan undirib berildi.

Mazkur ijro harakatlari natijasida voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinib, sud hujjatining ijrosi amalda ta’minlandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar