Rossiyaning yirik lotereya tarmogʻi oʻz mobil aloqa operatorini ishga tushirmoqda

Rossiyadagi eng yirik lotereya chiptalari sotuvchisi hisoblangan “Stoloto” brendi ostida faoliyat yurituvchi “Loterei Moskvi” kompaniyasi virtual mobil aloqa operatori (MVNO) litsenziyasini qoʻldi kiritdi. Bu qadam kompaniyaga oʻz mijozlari uchun yangi ekotizim yaratish va xizmatlar koʻlamini kengaytirish imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Forbes nashri xabariga koʻra, tegishli hujjat 2026-yil 18-mayda berilgan boʻliib, u kompaniyaga Rossiya hududida aloqa xizmatlarini koʻrsatish huquqini taqdim etadi. Yangi operatorning oʻziga tegishli tayanch stansiyalari va texnik infratuzilmasi boʻmaydi. Buning oʻrniga u mavjud federal aloqa operatorlari tarmoqlaridan ijara asosida foydalanadi.
MVNO modeli va strategik maqsadlar
Litsenziya shartlariga koʻra, kompaniya oʻz xizmatlarini 2028-yilning may oyidan kechiktirmasdan ishga tushirishi lozim. Hozircha loyihaning rasmiy nomi va aniq biznes-modeli ochiqlanmagan boʻlsa-da, ekspertlar ushbu xizmat “Stoloto” mijozlari uchun maxsus sodiqlik dasturining bir qismiga aylanishini taxmin qilmoqdalar.Tahlilchilarning fikricha, lotereya biznesining oʻshishi sekinlashayotgan bir paytda mobil operatorni ishga tushirish kompaniya uchun qoʻshimcha daromad manbai boʻlishi mumkin. 2025-yil yakunlariga koʻra, “Loterei Moskvi” tushumi 5,6 milliard rublgacha oshgan boʻlishiga qaramay, sof zarar miqdori 1,4 milliard rublni tashkil etgan.
“Loterei Moskvi” kompaniyasi S8 Capital xoldingi tarkibiga kiradi. Qizigʻli tomoni shundaki, ushbu xolding tarkibida allaqachon Next Mobile nomli virtual operator mavjud. Biroq amaldagi qonunchilikka koʻra, bitta litsenziyadan turli yuridik shaxslar foydalana olmaydi, shu sababli lotereya tarmogʻiga alohida ruxsatnoma olish zarurati tugʻilgan.
Ekotizimning ahamiyati
Virtual operatorlar odatda maʻlum bir brend muxlislarini birlashtirish va ularga eksklyuziv bonuslar taqdim etish uchun xizmat qiladi. “Stoloto” misolida bu quyidagicha koʻrinish olishi mumkin:- Mobil aloqa uchun toʻlovlar evaziga bepul lotereya chiptalarini taqdim etish;
- Lotereya yutuqlarini toʻgʻridan-toʻgʻri mobil balansga oʻtkazish imkoniyati;
- Abonentlar uchun maxsus yutuqli oʻyinlar va aksiyalar tashkil qilish.






























Izohlar 0
…