Sensatsion maʻlumot: Leverkuzen yulduzi Bavariya safiga oʻtishga juda yaqin boʻlgan

1 daqiqa o'qish267
Sensatsion maʻlumot: Leverkuzen yulduzi Bavariya safiga oʻtishga juda yaqin boʻlgan

Bayer Leverkuzen klubining amaldagi sport direktori Simon Rolfes oʻz vaqtida Bavariya safiga qoʻshilishga juda yaqin kelgan. Bu haqda sobiq futbol agenti Lars-Vilhelm Baumgarten maʻlum qildi. Agentning soʻzlariga koʻra, muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan va Rolfes Myunxenga koʻchib oʻtishga deyarli tayyor boʻlgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Oʻsha paytdagi Bavariya bosh murabbiyi Jupp Heynckes markaziy yarim himoyachini oʻz jamoasining asosiy figuralaridan biri sifatida koʻrgan va ushbu transfer amalga oshishi uchun qattiq harakat qilgan. Biroq, yakunda kutilmagan qaror tufayli kelishuv amalga oshmay qolgan.

Baumgartenning taʻkidlashicha, Simon Rolfes uchun hissiy bogʻliqlik va sport prinsiplari Germaniya rekordchisining jozibador moliyaviy taklifidan ustun kelgan. Futbolchi Leverkuzenda oʻzini juda baxtli his qilgan va jamoa sardorligidan voz kechishni istamagan.

Rolfes 2015-yilda faoliyatini yakunlaguniga qadar oʻn yil davomida Bayer sharafini himoya qildi va keyinchalik klub rahbariyatida ish boshladi. 2022-yildan buyon u sport direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Qizigʻi shundaki, oʻtgan yilning sentyabr oyida Allianz Arena stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda Rolfes va Bavariya darvozaboni Sven Ulreich oʻrtasida nizo kelib chiqqan edi. Oʻshanda myunxenliklar posboni raqib direktori manziliga haqoratli soʻzlar ishlatgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?