date

Hokkey JCH-2026. Kanada amaldagi chempionni yengib, yarimfinalga chiqdi

Shveysariyada o‘tkazilayotgan hokkey bo‘yicha jahon chempionatida yarimfinal ishtirokchilari aniqlandi. Chorakfinal bahslari kutilmagan natijalar va keskin kurashlarga boy o‘tdi. Eng katta voqealardan biri — amaldagi chempion AQSH terma jamoasining turnirni tark etgani bo‘ldi.

Kanada chorakfinalda AQSHni 4:0 hisobida ishonchli mag‘lub etdi. Bu natija kanadaliklarni yarimfinalga olib chiqdi, amaldagi chempionlar esa musobaqadagi yurishini shu bosqichda yakunlashga majbur bo‘ldi. Kanada ushbu g‘alaba orqali chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Finlyandiya ham yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Finlar Chexiyani 4:1 hisobida yengib, keyingi bosqichga chiqdi. Mezbon Shveysariya esa o‘z muxlislari qarshisida Shvetsiyani 3:1 hisobida mag‘lub etib, turnirdagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi.

Yana bir chorakfinalda Norvegiya Latviya ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, 30 may kuni bo‘lib o‘tadigan yarimfinalda Kanada Finlyandiyaga qarshi, Shveysariya esa Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi. Endi chempionlik poygasi yanada qiziydi — bu bosqichda har bir shayba oltinga teng bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Hokkey JCH-2026. Kanada amaldagi chempionni yengib, yarimfinalga chiqdi