Toshkent hayvonot bog‘ida sherlarga nomaqbul harakat qilgan erkak jamoatchilikning tanqidiga uchradi (video)

Toshkent hayvonot bog‘ida oq sherlar Jonni va Naomi voleri yonida ayrim tashrif buyuruvchilar tomonidan noo‘rin harakatlar qilingani ma’lum bo‘ldi.
Holat videokuzatuv kameralariga tushgan. Ma’lum qilinishicha, ba’zi mehmonlar jonzotlarni ataylab bezovta qilib, ularga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo‘lgan.
Hayvonot bog‘i ma’muriyati bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bildirdi. Chunki hayvonlar ham stress, qo‘rquv va noqulaylikni his qiladi. Ularning tinchligiga xalal berish tashrif qoidalariga zid hisoblanadi.
Ma’muriyat kattalarning shaxsiy namunasi bolalar tarbiyasida muhim ekanini ham ta’kidladi. Bolalar tabiatga ehtiyotkor munosabatni, avvalo, kattalarning harakatidan o‘rganadi.
Hayvonot bog‘i aksariyat tashrif buyuruvchilar hayvonlarga mehr va hurmat bilan qarashini qayd etdi. Ammo ayrim shunday holatlar umumiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.































Izohlar 0
…