Boshqa avtobusdagilar bilan raqsga tushib ketgan yigit tarmoqlarda mashhur bo‘ldi (video)

Sayohat vaqtida yuz bergan kulgili holat ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Avtobusda ketayotgan yigit adashib, boshqa avtobus yo‘lovchilari tashkil qilgan halay raqsiga qo‘shilib ketgan.
U dastlab bu odamlar o‘z guruhidan emasligini payqamagan. Shu sabab boshqalar bilan birga raqsga tushishda davom etgan.
Bu paytda uning avtobusi joyidan qo‘zg‘almagan. Haydovchi va yo‘lovchilar yigit raqsni tugatishini xotirjam kutib turishgan.
Video tarmoqlarda tarqalgach, ko‘pchilik bu vaziyatni hazil bilan qabul qildi. Ayrim foydalanuvchilar yigitning kayfiyati va vaziyatni sezmay raqsga berilib ketganini kulgili holat sifatida baholamoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…