date

Tyerri Anri Kay Havertzning oʻyinidan hayratda ekanini yashirmadi

Tyerri Anri Kay Havertzning oʻyinidan hayratda ekanini yashirmadi

Arsenal afsonasi Tyerri Anri Germaniya terma jamoasi aʼzosi Kay Havertzning iqtidoriga yuqori baho berdi. Sport Bild nashriga bergan intervyusida Anri hujumchining muhim pallalarda gol urish qobiliyatini alohida taʼkidladi. Xususan, u Havertzning 2021-yilgi Chempionlar ligasi finalida Chelsi safida Manchester Siti darvozasiga urgan gʻalaba golini yodga oldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Havertz 2023-yilda 75 million funt evaziga Arsenal safiga oʻtganidan beri jamoaning eng muhim figuralaridan biriga aylandi. Uning Angliya Premer-ligasi doirasida Bernli darvozasiga kiritgan soʻnggi daqiqalardagi goli "toʻpchilar"ga 22 yillik tanaffusdan soʻng uzoq kutilgan chempionlikni taqdim etdi. Shuningdek, u Germaniya terma jamoasi safida Yevro-2024 turnirida ham oʻzini koʻrsatib, muhim gollarga mualliflik qildi.

Anrining soʻzlariga koʻra, Mikel Arteta jamoasi Havertz jarohat olgan paytlarda uning pressingdagi faolligi va oʻyinni oʻqish qobiliyatini juda sogʻingan. "Uning futbol intellekti (IQ) juda yuqori. Maydonda miyasini ishlatib oʻynaydi, bu esa unga turli pozitsiyalarda birdek samarali harakat qilish imkonini beradi", — deya qoʻshimcha qildi sobiq hujumchi.

Arsenal tarixidagi eng yaxshi toʻpurar Pari Sen-Jermen jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadigan Chempionlar ligasi finali oldidan Havertzga katta umid bogʻlamoqda. CBS telekanalida ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Anri, oʻzi muxlislik qiladigan jamoaning ilk bor ushbu nufuzli kubokni qoʻlga kiritishini intizorlik bilan kutayotganini tan oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tyerri Anri Kay Havertzning oʻyinidan hayratda ekanini yashirmadi