Arsenal: 2026-yilgi chempionlar afsonaviy “Invincibles”ga kira oladimi?

Londonning Arsenal klubi 22 yillik tanaffusdan so'ng Angliya Premer-ligasida yana chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. Sobiq darvozabon Grem Stek jamoaning Mikel Arteta boshchiligidagi hozirgi tarkibini Arsene Wenger davridagi 2003–2004-yilgi “Invincibles” bilan taqqosladi. O'sha afsonaviy jamoa 38 turning birortasida ham mag'lub bo'lmay, 26 g'alaba va 12 durang bilan 90 ochko jamg'argan.
Londonning Arsenal klubi 22 yillik t tanaffusdan soʻng Angliya Premer-ligasida yana chempionlik unvonini qoʻlga kiritdi. Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa soʻnggi mavsumlarda barqaror oʻyin koʻrsatib, nihoyat shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi va Emirates Stadiumʼda yangi sulola barpo etish sari dadil qadam tashladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Goal.com xabar berishicha, Arsenal safining sobiq darvozaboni Grem Stek klubning hozirgi zamonaviy yulduzlari va afsonaviy 2003–2004-yilgi “Invincibles” (Magʻlubiyatsizlar) tarkibini solishtirib chiqdi. Arsene Wenger boshchiligidagi oʻsha afsonaviy jamoa 38 taturning birortasida ham magʻlubiyatga uchramay, 26 gʻalaba va 12 durang bilan 90 ochko jamgʻargan holda tarixga kirgandi.
Ikki davr yulduzlari taqqoslanganda
Hozirgi kunda Mikel Arteta tasarrufida jahon chempionlari David Raya hamda Mikel Merino, Angliya terma jamoasi yetakchilari Declan Rice va Bukayo Saka, shuningdek, ishonchli markaziy himoyachilar William Saliba va Gabriel Magalhaes kabi mahoratli futbolchilar yetarlicha topiladi. Biroq Thierry Henry, Dennis Bergkamp, Patrick Vieira, Ashley Cole, Sol Campbell va Robert Pires kabi afsonalar bilan bir davrda toʻp surgan Grem Stekning fikricha, avlodlarni oʻzaro solishtirish unchalik oson emas.Stekning taʼkidlashicha, uning farzandlari ham avvalgi avlod vakillarining oʻyinini jonli koʻrmagani bois, Thierry Henry va Dennis Bergkamp kabi hujumchilarning mahoratini tasavvur qilishda biroz qiyinchilikka duch kelishadi. Shunga qaramay, zamonaviy futbol taktik jihatdan butunlay oʻzgarib ketganiga eʼtibor qaratildi.
Gʻalaba qozonish mentaliteti oʻzgarmagan
Sobiq darvozabonning soʻzlariga koʻra, oʻyin qoidalari va yondashuvlar oʻzgargani bilan, eng muhim narsa — gʻalaba qozonish mentaliteti va aslo yutqazmaslik ruhiyati avvalgidek qolishi kerak. Arsenal oʻz tarixidagi eng yorqin sahifalardan birini yozgan oʻsha davrdagi gʻolibona xarakter bugungi kunda ham jamoa uchun eng asosiy poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.Angliya Premyer-ligasining 2026–2027-yilgi mavsumi oldidan mutaxassislar va muxlislar Arsenalning yangi chempionlik avlodi va 2004-yilgi afsonaviy tarkibdan qaysi futbolchilar ramziy terma jamoadan joy olishi mumkinligi haqida qizgʻin munozaralarni davom ettirmoqdalar.






























Izohlar 0
…