Jahon chempionati tarixidagi eng buyuk yulduzlar: Pele peshqadam, Messi uchinchi o‘rinda

Jahon chempionati tarixida eng katta iz qoldirgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi va unda Lionel Messi faqat uchinchi o‘rinni egalladi, deb xabar beradi Planet Futbol.
Reytingda futbolchilarning nechta Mundialda qatnashgani, sovrinlari, gollari, o‘yinlar soni va musobaqaga ta’siri hisobga olingan. Birinchi o‘rin Pelega berildi. Braziliya afsonasi uch marta Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yagona futbolchi bo‘lib qolmoqda. U 1958 yilda 17 yoshida chempion bo‘lgan, 1970 yilda esa Braziliyani yana g‘alabaga yetaklagan.
Ikkinchi o‘rinda 1986 yilgi Mundialda Argentinani chempion qilgan Diyego Maradona qayd etildi. Lionel Messi Qatar-2022da Argentina bilan chempion bo‘lgani, Fransiyaga qarshi finalda dubl qayd etgani va Jahon chempionatlarida 26 ta o‘yin o‘tkazib rekord o‘rnatgani uchun uchinchi o‘ringa joylashtirildi. Keyingi o‘rinlarda Ronaldo, Gerd Myuller, Lotar Matteus, Garrincha, Frans Bekkenbauyer, Kafu va Miroslav Kloze bor.































Izohlar 0
…