Qirg‘iziston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga qirg‘iz milliy sozini sovg‘a qildi

O'zbekiston, Qirg'iziston va Ozarbayjon birinchi xonimlari Ziroat Mirziyoyeva, Aygul Japarova hamda Mehribon Aliyeva Qirg'izistondagi "Altin balalik" reabilitatsiya markazida bo'lishdi. Tashrif davomida uch davlat birinchi xonimlari markaz faoliyati bilan tanishib, bolalarning mahorat mashg'ulotlarini tomosha qilishdi va ular bilan samimiy muloqotda bo'lishdi.
Ziroat Mirziyoyeva, Aygul Japarova va Mehribon Aliyeva Qirg‘izistondagi "Altin balalik" reabilitatsiya markazida bo‘ldi. Uch davlat birinchi xonimlari markaz faoliyati, bolalar uchun tashkil etilgan darslar va ijodiy dasturlar bilan tanishdi.
Tashrif mehmonlari bolalarning mahorat mashg‘ulotlarini tomosha qildi va ular bilan samimiy muloqotda bo‘ldi. Dasturda milliy raqslar hamda qo‘mo‘zchilar ansamblining chiqishi ham o‘rin oldi.
Markaz tarbiyalanuvchilari tayyorlagan loy va kigiz buyumlari, shuningdek, yosh rassomlarning suratlari ko‘rgazmaga qo‘yildi. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlikni ifodalovchi "Do‘stlik daraxti" pannosiga oxirgi bezak elementi tushirildi.
Uchrashuv yakunida Qirg‘iziston Birinchi xonimi Aygul Japarova Ziroat Mirziyoyevaga an’anaviy milliy soz, chanqo‘bizni tuhfa qildi.































Izohlar 0
…