Ronaldu to‘yiga kimlar keladi: shov-shuvli ro‘yxat tarqaldi!

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning to'yiga sport, kino va musiqa olamining mashhur vakillari taklif etilgani haqida shov-shuvli ro'yxat tarqaldi. Tarmoqlardagi xabarlarga ko'ra, mazkur ro'yxatdan Vin Dizel, Habib Nurmagomedov, Dreyk, AyShouSpid, Jennifer Lopes, Rianna, Kilian Mbappe, Trevis Skott va Rodrigo o'rin olgani aytilmoqda. Biroq juftlik to'y sanasi yoki mehmonlar ro'yxati yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.
Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning to‘yi atrofida yangi gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, marosimga sport, kino va musiqa olamining bir qator mashhur vakillari taklif qilingan.
Ro‘yxatdan Vin Dizel, Habib Nurmagomedov, Dreyk, AyShouSpid, Jennifer Lopes, Rianna, Kilian Mbappe, Trevis Skott va Rodrigo o‘rin olgani aytilmoqda.
Biroq Ronaldu va Jorjina to‘y sanasi yoki mehmonlar ro‘yxati haqida rasmiy bayonot bermagan. Juftlikning tez orada turmush qurishi haqidagi xabarlar hamon taxmin darajasida qolmoqda.
Ayrim mashhurlarga taklifnoma yuborilgani haqidagi avvalgi xabarlar ham ishonchli manbalar tomonidan tasdiqlanmagan. Shu sabab tarqalgan ro‘yxatni rasmiy ma’lumot sifatida qabul qilishga hali erta.
































Izohlar 0
…