Rossiyalik ayol mushukcha deb qora panterani parvarishlab tarmoqlarda barchani hayron qoldirdi

Rossiyalik ayol yo'l chetida topib olgan va oddiy mushukcha deb o'ylagan kichik qora jonivor aslida qora pantera ekani ma'lum bo'ldi. Ayol bu holatga qaramay yirtqich hayvondan voz kechmay, uni uyida mehr bilan parvarish qila boshladi. Vaqt o'tishi bilan pantera xonadonda yashaydigan it bilan ham til topishib, birga o'ynay boshladi. Mazkur hayvonlar ishtirokidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, millionlab foydalanuvchilar e'tiborini tortdi.
Rossiyalik ayol yo‘l chetida qolib ketgan kichik qora jonivorni ko‘rib, uni oddiy mushukcha deb o‘ylagan va uyiga olib ketgan. U jonivorni oziqlantirib, mehr bilan parvarish qila boshlagan.
Oradan vaqt o‘tib, jonivorning gavdasi va harakatlari oddiy mushuknikidan farq qilishi sezilgan. Shunda ayol uyida parvarishlayotgan hayvon aslida qora pantera ekanini tushungan.
Bu holatga qaramay, u panteradan voz kechmagan. Vaqt o‘tishi bilan ayol va jonivor o‘rtasida yaqinlik paydo bo‘lgan. Pantera xonadondagi it bilan ham til topishib, u bilan birga o‘ynay boshlagan.
Ayol, qora pantera va it ishtirokidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, millionlab foydalanuvchilar e’tiborini tortdi.































Izohlar 0
…