Yerda 14 yildan buyon kuzatilmagan sovuq qayd etildi

Antarktidada havo harorati keskin pasayib, so'nggi o'n to'rt yil ichida kuzatilmagan eng past ko'rsatkich qayd etildi. Mutaxassislar ma'lumotiga ko'ra, qit'aning ayrim hududlarida harorat −84°C gacha tushgan bo'lib, bu 2012 yildan buyon ro'yxatga olingan eng sovuq ko'rsatkichdir. Mazkur keskin sovuq Antarktida qish faslining eng yuqori nuqtasiga to'g'ri keldi.
Antarktidada havo harorati keskin pasayib, so‘nggi o‘n to‘rt yil ichida kuzatilmagan daraja qayd etildi. Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, ayrim hududlarda harorat −84°C gacha tushgan. Bu esa 2012 yildan buyon ro‘yxatga olingan eng sovuq ko‘rsatkich sifatida baholanmoqda.
Olimlarning ta’kidlashicha, bunday keskin sovuq Antarktida qish faslining eng yuqori nuqtasiga to‘g‘ri kelgan. Osmonning mutlaqo ochiq bo‘lishi, havoning juda quruqligi va kuchsiz shamollar muz qatlamining issiqlikni deyarli yo‘qotishiga olib kelgan. Natijada yer yuzasi tez sovib, rekord darajada past harorat yuzaga kelgan.






























Izohlar 0
…