Ruxsatnomasiz daryoni tozalagan britaniyalik advokat 2 yilgacha qamalishi mumkin

Ruxsatnomasiz daryoni tozalagan britaniyalik advokat 2 yilgacha qamalishi mumkin

2026 yil iyun oyida Londonda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Londonlik advokat Pol Paulzlend boshchiligidagi ko‘ngillilar jamoasi yillar davomida e’tiborsiz qolgan va davlat idoralari kuchi yetmagan daryoni atigi 10 kun ichida axlatdan tozalashga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngillilar daryo tubidan 200 qopdan ortiq chiqindini olib chiqqan. Buning natijasida suv havzasi ancha tozalanib, tabiiy muhit tiklana boshlagan. Oradan ko‘p o‘tmay daryoga baliqlar ham qayta kelgani qayd etilmoqda.

Biroq kutilganidek faollarga minnatdorlik bildirish o‘rniga, Britaniya Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi ularga nisbatan jinoiy tekshiruv boshlagan. Rasmiylarga ko‘ra, daryoni tozalash ishlari tegishli ruxsatnomasiz va belgilangan tartibga rioya etilmasdan amalga oshirilgan.

Shu sababli Pol Paulzlendga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda. U ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi yoki ekologik sohadagi advokatlik litsenziyasidan ayrilishi mumkinligi aytilmoqda.

Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik fikricha, tabiatni muhofaza qilish yo‘lida qilingan amaliy tashabbus jazo emas, aksincha qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Tanqidchilar esa ayrim holatlarda byurokratik talablar va qog‘ozbozlik ekologik muammolarni hal qilishdan ham ustun qo‘yilayotganini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar