Roberto Martinez va Cristiano Ronaldo yana bir jamoada: Al-Nasr yangi murabbiy bilan kelishmoqda

1 daqiqa o'qish587
Roberto Martinez va Cristiano Ronaldo yana bir jamoada: Al-Nasr yangi murabbiy bilan kelishmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez 2026-yilgi Jahon chempionatidan keyin Saudiya Arabistonining Al-Nasr klubini boshqarishi kutilmoqda.
  • Ayni damda tomonlar o'rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi pallaga kirgan bo'lib, kelishuv amalga oshsa, mutaxassis Ar-Riyodda Jorge Jesusning o'rnini egallaydi.
  • Ushbu transfer natijasida Martinez yana bir bor afsonaviy hujumchi Cristiano Ronaldo bilan birga ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez faoliyatida keskin burilish yasashga yaqin turibdi. Ispaniyalik mutaxassis 2026-yilgi Jahon chempionatidan soʻng milliy jamoadagi lavozimini tark etib, Saudiya Arabistonining Al-Nasr klubini boshqarishi kutilmoqda. Bu haqda A Bola nashri maʼlumot tarqatdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirda Portugaliya terma jamoasi bilan JCh-2026 turnirida ishtirok etayotgan Martinez va Saudiya klubi oʻrtasidagi muzokaralar hal qiluvchi pallaga kirgan. Agarda kelishuv amalga oshsa, u Ar-Riyodda vatandoshi Jorge Jesusning oʻrnini egallaydi. Qayd etilishicha, tomonlar oʻrtasidagi dastlabki muloqotlar nufuzli turnir boshlanishidan avvalroq start olgan edi.

Ushbu transferning eng asosiy jihati shundaki, Roberto Martinez yana bir bor afsonaviy hujumchi Cristiano Ronaldo bilan birga ishlash imkoniyatiga ega boʻladi. Terma jamoada doimiy ravishda 41 yoshli yulduzga ishonch bildirib kelayotgan murabbiy uchun klub miqyosida ham u bilan hamkorlik qilish taklifi juda jozibali koʻrinmoqda. Bundan tashqari, Al-Nasr safida Portugaliya terma jamoasining yana bir aʼzosi Joao Felix ham toʻp surmoqda.

Klub boshqaruviga qaytish va yangi chorlovlar

Roberto Martinez uchun bu 2016-yildan buyon ilk bor klub miqyosidagi faoliyatiga qaytish boʻladi. Bungacha u Belgiya va Portugaliya terma jamoalarida uzoq vaqt ishladi. Goal.com nashrining yozishicha, mutaxassisning Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) bilan shartnomasi yakunlanib borayotgani uning klub futboliga qaytish istagini yanada kuchaytirgan.

Al-Nasr rahbariyati dastlab Marco Silva nomzodini koʻrib chiqqan edi, biroq u Benfika bilan shartnoma imzolashni afzal koʻrdi. Shundan soʻng klub eʼtiborini ikki nomzodga qaratdi. Al-Nasr yuridik boʻlimining sobiq direktori Saad Al-Subaie ijtimoiy tarmoqlarda klub ayni damda Jahon chempionatida ishtirok etayotgan murabbiy va Janubiy Amerikadagi jamoalardan birini boshqarayotgan mutaxassis oʻrtasida tanlov qilayotganini tasdiqladi.

Hozirda Portugaliya terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichida Kongo DR bilan 1:1 hisobida durang oʻynab, tanqidlar ostida qolgan bir paytda, Martinezning kelajagi haqidagi xabarlar jamoa ichidagi muhitga qanday taʼsir qilishi koʻpchilikni qiziqtirmoqda. Shunga qaramay, uning Saudiya Arabistoniga koʻchib oʻtishi deyarli hal boʻlgan masala sifatida koʻrilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?