Portugaliya futbolchilari O‘zbekiston bilan o‘yinni qayta tomosha qildi (video)

Portugaliya terma jamoasi futbolchilari 2026 yilgi Jahon chempionatida O‘zbekistonga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning muhim epizodlarini qayta ko‘rib chiqib, o‘yin tahlili bilan shug‘ullandi.
Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan videoda jamoa yetakchilari — Brunu Fernandesh, Nunu Mendesh va boshqa futbolchilar katta ekran qarshisida uchrashuvning eng muhim vaziyatlarini tomosha qilib, murabbiylar shtabi bilan birgalikda muhokama qilayotgani aks etgan.
Videodan ko‘rinishicha, futbolchilar o‘yin davomida yuzaga kelgan hujumlar, himoyadagi harakatlar va taktik yechimlarni batafsil tahlil qilib, kelgusi uchrashuvlar uchun xulosalar chiqarmoqda.
Federatsiya videoga: “Qaydlar oling. Ko‘rib chiqing. Tahlil qiling. Yaxshilang”, degan izohni qoldirgan.
Mazkur lavha ijtimoiy tarmoqlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘plab muxlislar Portugaliya kabi kuchli terma jamoaning O‘zbekiston bilan o‘yinni alohida tahlil qilayotgani milliy jamoamizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganidan dalolat ekanini ta’kidlashmoqda.






























Izohlar 0
…