Mourino «Real» rahbariyatidan yana ikkita transfer so‘radi...

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida klub rahbariyatiga yangi transfer talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, yozgi transfer oynasida bir nechta muhim kelishuvlar amalga oshirilganiga qaramay, portugaliyalik mutaxassis jamoa tarkibi hali to‘liq shakllanmagan, deb hisoblamoqda.
Mourino transfer oynasi yopilgunga qadar yana ikki futbolchini jamoaga olib kelishni so‘ragan. Murabbiyga markaziy himoyachi va markaziy yarim himoyachi kerakligi aytilmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis yangi mavsum oldidan har bir chiziqda kuchli raqobat bo‘lishini istamoqda. Shu sabab u himoya markazi va maydon o‘rtasini yanada mustahkamlashni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, «Real» shu kunga qadar yozgi transfer oynasida uchta yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi.
Madrid klubi «Chelsi»dan himoyachi Mark Kukurelyani, «Liverpul»dan Ibrohim Konateni va «Manchester Siti»dan yarim himoyachi Bernardu Silvani transfer qildi.
Endi klub rahbariyati Mourinoning so‘rovini qanoatlantirib, transfer oynasi yopilguniga qadar yana ikki kelishuvni amalga oshiradimi-yo‘qmi — asosiy savol shunda.































Izohlar 0
…