Ronald Araujo Liverpul safiga qoʻshildi: transfer tafsilotlari

1 daqiqa o'qish219
Ronald Araujo Liverpul safiga qoʻshildi: transfer tafsilotlari
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Liverpul Barselona sardori Ronald Araujoni sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijara asosida o'z safiga qo'shib oldi.
  • Kelishuvga ko'ra, ingliz klubi futbolchining maoshini to'liq qoplaydi, Ronald Araujo esa transfer tezroq amalga oshishi uchun maoshini qisqartirishga rozi bo'lgan.
  • Liverpul mavsum oxirida uni 55 million yevro evaziga to'g'ridan-to'g'ri sotib olish huquqiga ega.

Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumiga tayyorgarlik koʻrayotgan Liverpul oʻz tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda, xususan, himoya chizigʻidagi muammolarni hal etish dolzarb vazifaga aylandi. ESPN xabar berishicha, mersisaydliklar Barselona sardori Ronald Araujoni sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijara asosida oʻz safiga qoʻshib oldi. Ushbu transfer klub uchun himoyadagi boʻshliqlarni yopishda muhim qadam boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Yangi mavsum oldidan oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvlarida Lids Yunayted va Monakoga qarshi bahslarda Liverpul ikki toʻp farqi bilan oldinda borib, yakunda gʻalabani boy berdi. Ushbu natijalar jamoaga himoya markazida qoʻshimcha tajribali va ishonchli ijrochilar suv va havodek zarurligini yaqqol koʻrsatib qoʻydi. Natijada klub rahbariyati darhol faollashib, urugvaylik futbolchi transferini hal qildi.

Ronald Araujoning futbolchilik yoʻli

ESPN maʼlumotlariga koʻra, Ronald Araujo oʻz faoliyatini dastlab Hurokan de Rivera jamoasida hujumchi sifatida boshlagan, keyinchalik Rentistas safida markaziy himoyachi pozitsiyasiga oʻtgan. Urugvay quyi divizionidagi oʻyinlari bilan eʼtibor qozongan futbolchi Boston River safida ham toʻp surib, Ispaniya klublari eʼtiboriga tushgan edi. Natijada Barselona 2018 yilda boshqa jamoalar, jumladan Real Madrid qiziqishiga qaramay, uning transferini rasmiylashtirgan.

Kataloniya klubi safida dastlab yoshlar jamoasida toʻp surgan himoyachi toʻpni qaytarib olish tezligi va havo kurashlaridagi ustunligi bilan tezda ajralib turdi. Oʻsha paytdagi bosh murabbiy Ernesto Valverde uni asosiy jamoaga jalb qildi. Biroq uning La Ligadagi debyuti oson kechmadi — 2019 yilda Sevilyaga qarshi kechgan ilk uchrashuvidayoq maydondan chetlatilgandi.

Shunga qaramay, futbolchi bu qiyinchiliklarni yengib oʻtib, Ronald Kuman hamda Xavi Ernandes qoʻl ostida jamoaning asosiy tayanchiga aylana oldi. Endilikda esa u faoliyatida yangi sahifa ochib, Angliya Premyer-ligasida oʻzini koʻrsatish uchun Albion tomon yoʻl oldi.

Kelishuv shartlariga koʻra, ingliz klubi futbolchining maoshini toʻliq qoplaydi. Qayd etilishicha, Ronald Araujo transfer tezroq amalga oshishi uchun oʻz maoshini qisqartirishga rozi boʻlgan. Liverpul uni mavsum oxirida 55 million yevro evaziga toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish huquqiga ham ega.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?