Arda Guler Turkiya — AQSH bahsining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Turkiya va AQSH milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
3:2 hisobida Turkiya foydasiga yakunlangan bahs qahramoni Arda Guler bo‘ldi. «Real»ning 21 yoshli hujumkor yarimhimoyachisi uchrashuv yakunida eng yaxshi futbolchi sovrinini qo‘lga kiritdi.
Guler bahsning 10-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol etib, Turkiyaning ushbu jahon chempionatidagi ilk golini urdi. Uning faol harakatlari va maydon markazidagi o‘yini jamoasining g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.
Shunga qaramay, Vinchenso Montella boshchiligidagi Turkiya terma jamoasi guruh bosqichini 3 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda yakunladi va musobaqani tark etdi.
AQSH milliy jamoasi esa mag‘lubiyatga qaramay, guruhdagi avvalgi natijalari hisobiga pley-off bosqichiga chiqdi. Avstraliya va Paragvay ham «D» guruhidan keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.































Izohlar 0
…