Peddi Pimblett: «Topuriya endi avvalgidek bo‘lolmaydi, uning egosi sindi»

Angliyalik UFC jangchisi Peddi Pimblett sobiq chempion Iliya Topuriyaning Jastin Getjiga qarshi jangdagi mag‘lubiyati haqida keskin fikr bildirdi.
Pimblettning aytishicha, Topuriya faoliyati davomida ilk bor jiddiy ruhiy sinovga duch keldi. U shu vaqtgacha oktagonda doimo raqiblariga bosim o‘tkazib, janglarni nazorat qilib kelgan.
«Iliya Jastinga mag‘lub bo‘lguniga qadar hech qachon o‘zini qayta tiklashga majbur bo‘lmagan. Topuriya har doim “bolg‘a” edi va hech qachon “mix” bo‘lish qanday ekanini his qilmagandi», — dedi Pimblett.
Angliyalik jangchi o‘z tajribasida og‘ir mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchli bo‘lib qaytish mumkinligini anglaganini ta’kidladi. Biroq uning fikricha, Topuriya uchun bu jarayon ancha murakkab kechadi.
«Getji bilan jangdan keyin men avvalgidan ham kuchliroq va yaxshiroq bo‘lib qayta olish mumkinligini tushundim. Ammo, menimcha, Iliya endi hech qachon avvalgi holatiga qaytmaydi. Chunki uning egosi sindi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Pimblett Topuriyaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi haddan tashqari yuqori bo‘lganini ham eslab o‘tdi.
«Esingizda bo‘lsa, Topuriya jangdan ancha oldin ijtimoiy tarmoqlardagi rekordini o‘zgartirib qo‘ygan edi», — deya Pimblettning so‘zlarini keltirdi MMA Fighting nashri.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya va Jastin Getji o‘rtasidagi to‘qnashuv Oq uyda tashkil etilgan UFC turniri doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda amerikalik jangchi muddatidan avval g‘alaba qozondi.































Izohlar 0
…