Abbosbek Fayzullayev uylanyapti (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev bugun 23 yoshida nikoh to‘yini o‘tkazib, rasman oila qurmoqda. Yosh futbolchi maydondagi yorqin o‘yini, mehnatkashligi va iqtidori tufayli muxlislar mehrini qozonishga ulgurgan. Futbol jamoatchiligi va muxlislar sportchini ushbu quvonchli kun bilan samimiy tabriklab, unga baxtli oilaviy hayot tilamoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda klubimiz safidagi iqtidorli yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev hayotidagi eng quvonchli kunlardan biriga qadam qo‘ymoqda.
23 yoshli futbolchimiz bugun nikoh to‘yini o‘tkazib, rasman oila quradi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan maydondagi yorqin o‘yini, mehnatkashligi va iqtidori bilan muxlislar mehrini qozongan Abbosbek endi shaxsiy hayotida ham yangi bosqichni boshlamoqda.
Muxlislar va futbol jamoatchiligi futbolchini ushbu qutlug‘ kun bilan samimiy tabriklab, unga baxtli oilaviy hayot, mustahkam sog‘liq va kelgusi faoliyatida yanada ulkan yutuqlar tilamoqda.
Biz ham Abbosbek Fayzullayevni ushbu quvonchli voqea bilan muborakbod etamiz va unga baxt-saodat, ahil va farovon oila, shuningdek, futbolda ham yangi zafarlar tilaymiz.






























Izohlar 0
…