Olmazor tumanida ayrim hududlarda elektr vaqtincha o‘chiriladi

Bugun, 7 iyul kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Bunga 110/6 kV kuchlanishli «DOK» podstansiyasida rejali kapital ta’mir ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Elektr ta’minoti soat 14:00 dan 17:00 gacha quyidagi hududlarda cheklanadi:
• Chuqursoy ko‘chasi
• Noraztepa ko‘chasi
• Qorasaroy ko‘chasi
• Jomiy ko‘chasi
• Usta Shirin ko‘chasi
• Shiroq ko‘chasi
• Uzumbog‘ ko‘chasi
• Keles yo‘li ko‘chasi
• Oxunboboyev ko‘chasi
• M. Sa’diyeva ko‘chasi
• «Ibrohim Ota» mahallasi
• «Gulzor» mahallasi
• «Ahil» mahallasi, Shifokorlar shaharchasi
Ta’mir ishlari elektr tarmoqlarini yangilash va ta’minot barqarorligini oshirish dasturi doirasida amalga oshiriladi. Ishlar belgilangan vaqtdan oldin tugallansa, elektr energiyasi ham ertaroq berilishi mumkin.































Izohlar 0
…