Messi va Saloh to‘qnashuvi: asosiy tarkiblar e’lon qilindi...

JCH-2026 1/8 finalida amaldagi jahon chempioni Argentina Misr milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Bahs bugun, 7 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. Uchrashuvning asosiy tarkiblari ham e’lon qilindi.
Argentina guruhda barcha o‘yinlarni yutgan
Argentina milliy jamoasi J guruhida 9 ochko to‘plab, birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olgan edi.
Lionel Skaloni shogirdlari 1/16 finalda Kabo-Verdega qarshi kutilganidan ancha qiyin bahs o‘tkazdi. Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagach, Argentina qo‘shimcha bo‘limlarda 3:2 hisobida zafar quchdi.
Misr Avstraliyani penaltilarda to‘xtatdi
Misr terma jamoasi G guruhini 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Afrika vakillari 1/16 finalda Avstraliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 4:2 hisobida ustun keldi.
Messi va Saloh asosiy tarkibda
Argentina hujumida Lionel Messi va Xulian Alvares harakat qiladi. Maydon markazida Rodrigo De Paul, Aleksis Mak Allister, Enso Fernandes va Leandro Paredesga ishonch bildirilgan.
Misrning asosiy umidi esa Muhammad Saloh bo‘ladi. U hujumda Hassan va Ziko bilan birga harakat qilishi kutilmoqda.
Asosiy tarkiblar
Argentina: Emiliano Martines, Molina, Romero, Lisandro Martines, Talyafiko, De Paul, Mak Allister, Fernandes, Paredes, Messi, Alvares.
Misr: Shobeyr, Rabiya, Ibrohim, Hani, Hafez, Ashur, Attiya, Lashin, Ziko, Saloh, Hassan.
JCH-2026. 1/8 final
Argentina — Misr
Sana: 7 iyul
Boshlanish vaqti: 21:00, Toshkent vaqti bilan.
Bir tomonda amaldagi chempion va Messi, ikkinchi tomonda Saloh yetakchiligidagi jangovor Misr. G‘olib chorakfinalga chiqadi, mag‘lub jamoa esa mundial bilan xayrlashadi.































Izohlar 0
…