Yamal o‘yinda bo‘lgan paytda uyiga o‘g‘irlikka urinish sodir etildi

Ispaniya terma jamoasi hamda “Barselona” klubi yarim himoyachisi Lamin Yamalning Barselona shahri yaqinidagi Espluges-de-Lobregatda joylashgan qimmatbaho uyida o‘g‘irlikka urinish sodir etildi. Bu haqda El Espanol nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 14 iyul kuni kechqurun, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqqan vaqtda yuz bergan. O‘sha paytda Lamin Yamal AQSHda bo‘lib, uchrashuvni to‘liq 90 daqiqa o‘tkazdi. Shuningdek, uning ishlab bergan penaltisini Mikel Oyarsabal golga aylantirdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, niqob taqqan ikki nafar noma’lum shaxs hovli devoridan oshib, uy hududiga kirishga uringan. Biroq xavfsizlik xizmati xodimlari kuzatuv kameralari orqali ularni o‘z vaqtida payqab, zudlik bilan chora ko‘rgan. Natijada gumondorlar uy ichiga kira olmasdan voqea joyidan qochib ketgan. Hozirda Kataloniya politsiyasi mazkur holat yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Yamal yashaydigan qasr avvalroq mashhur xonanda Shakira va “Barselona”ning sobiq himoyachisi Jerar Pikega tegishli bo‘lgan. Mazkur uyning taxminiy qiymati 11 million yevro deb baholanmoqda.






























Izohlar 0
…