Ayman Hussayn “Paxtakor” bilan shartnoma imzoladi

Iroq terma jamoasining 30 yoshli hujumchisi Ayman Hussayn “Paxtakor” bilan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U yaqinda bo‘lib o‘tgan Jahon Kubogida Iroq terma jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan. Ayman Hussayn klublar miqyosida chempionat o‘yinlarida 120 ta, Iroq terma jamoasi safida esa 34 ta gol urgan. Hujumchi faoliyati davomida Iroq, Tunis, Qatar, BAA va Marokash klublarida o‘ynagan.
Iroq terma jamoasining 30 yoshli hujumchisi Ayman Hussayn “Paxtakor” futbolchisiga aylandi, deb xabar beradi Paxtakor Facebook sahifasi.
Klub ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi bilan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. Ayman Hussayn yaqinda bo‘lib o‘tgan Jahon Kubogida Iroq terma jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan.
Hujumchi faoliyati davomida Iroqning “Duxok”, “Naft”, “Shorta”, “Al Quva Javiya”, “Karma”, Tunisning “Sfaksiyen”, Qatarning “Umm Salal”, “Markiya”, “Al Xor”, “Al Vakra”, BAAning “Al Jazira” va Marokashning “Raja Atletik” klublarida o‘ynagan.
Ayman Hussayn klublar miqyosida chempionat o‘yinlarida 120 ta gol urgan. Iroq terma jamoasi safida esa 34 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
U Olimpiya o‘yinlari va Jahon Kubogi final bosqichida ham gol urishga erishgan futbolchilardan biri hisoblanadi. “Paxtakor” tajribali hujumchi jamoaga foyda keltirishiga ishonch bildirmoqda.































Izohlar 0
…