Afsonaviy Audi A2 elektromobil sifatida qaytmoqda

Audi A2 modeli zamonaviy elektr formatida qaytmoqda va Q4 E-tron krossoveridan kichikroq, samaradorlikka yo'naltirilgan elektromobil sifatida ishlab chiqilgan. Yangi A2 E-tron Volkswagen guruhining MEB platformasining so'nggi modifikatsiyasiga asoslangan bo'lib, aerodinamik kuzov va bo'lingan oynalar orqali o'ziga xos qiyofasini saqlab qolgan.
Avtomobilsozlik olamidagi eng kutilmagan qaytishlardan biri roʻy berib, oʻz davrining oʻziga xos muhandislik yutugʻi boʻlgan Audi A2 modeli yangi elektr formatida sahnaga qaytmoqda. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, kompaniya eski ixcham xatchbek dizaynini shunchaki nostalji uchun emas, balki zamonaviy aerodinamika talablaridan kelib chiqqan holda qayta jonlantirdi. Asl nusxadagidek alyuminiy kuzovdan voz kechilgan boʻlsa-da, yangi elektromobil oʻzining samaradorligi va oʻziga xos qiyofasi bilan ixcham segmanitda muhim oʻrin egallashni maqsad qilgan. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.
2000-yillarning boshlarida taqdim etilgan dastlabki Audi A2 modeli oʻta ilgʻor aerodinamikasi va yengil alyuminiy konstruksiyasi bilan tanilgan edi. Biroq oʻsha davrda bu murakkab texnologiyalar avtomobil narxini qimmatlashtirib yuborgan va u kutilgan tijoriy muvaffaqiyatga erisha olmagan. Bugungi kunga kelib esa nemis brendi mutlaqo boshqa yondashuvni tanladi. Muhandislar oldiga Q4 E-tron krossoveridan kichikroq va batareya quvvatini imkon qadar te tejovchi elektromobil yaratish vazifasi qoʻyilgan edi.
Aerodinamik shakl va zamonaviy platforma
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, xatchbek korpusini aerodinamika qonuniyatlari asosida mukammallashtirish mantiqan aynan A2 shaklidagi siluetga olib keldi. Old qismning pastligi va tom chizigʻining tomchi shaklida yakunlanishi havo qarshiligini keskin kamaytiradi. Orqa koʻrinishni yaxshilash maqsadida oʻrnatilgan boʻlingan oynalar esa avtomobilning oʻziga xos retro stilini saqlab qolgan holda zamonaviy talablarga moslashtirilganini koʻrsatadi.Biroq, zamonaviy bozor shartlaridan kelib chiqqan holda, yangi A2 E-tron butunlay oʻziga xos platformaga ega emas. U Volkswagen guruhi tasarrufhidagi ommaviy MEB platformasining soʻnggi modifikatsiyasiga asoslangan. Bu oʻz navbatida ishlab chiqarish tannarxini maqbul darajada saqlab qolishga va yaqinda oʻz faoliyatini yakunlagan A1 hamda Q2 modellari oʻrnini munosib egallashga imkon beradi.
Texnik yangiliklar va samaradorlik
Yangi platforma oʻzi bilan bir qator muhim texnik yaxshilanishlarni olib keldi. Jumladan, oʻrta sigʻimli batareyalar uchun anʼanaviy nikel-marganets-kobalt (NMC) oʻrniga litiy-temir-fosfat (LFP) kimyoviy tarkibi tanlandi. Bu haydovchilarga batareyani har safar 100 foizgacha xavotirsiz quvvatlash imkoniyatini beradi, chunki LFP elementlari bu jarayonga anʼanaviy batareyalarga qaraganda chidamliroq hisoblanadi.Shuningdek, avtomobil yangi 'APP350' elektr dvigateliga ega boʻldi. Yupqalashtirilgan materiallar, maxsus moylash tizimi va alohida moy rezervuari hisobiga mexanik yoʻqotishlar minimallashtirildi. Tishli gʻildiraklarning moy vannasida doimiy aylanishidan kelib chiqadigan qarshilik kamaytirilgani hisobiga elektromobilning umumiy samaradorligi yanada oshdi.
Bozordagi raqobat va ichki dizayn
Oʻlchamlari boʻyicha Volkswagen ID 3 modeli bilan yaqin turuvchi yangi Audi A2 premium sinfdagi raqobatchilar bilan kurashishga toʻgʻri keladi. Hozircha BMW va Mercedes-Benz kompaniyalari ixcham toifadagi elektr modellarini taqdim etmagani sababli, yangi Audi A2 Renault Megane, Volvo EX30, Mini Countryman E hamda qardosh Cupra Born modellari bilan raqobatlashadi.Ichki qism toʻliq ochib koʻrsatilmagan boʻlsa-da, baʼzi tafsilotlar uning boshqa soʻnggi Audi modellari bilan uygʻunligini koʻrsatadi. Markaziy ekranlar va boshqaruv elementlari Q3 modelini eslatadi. Old panel va eshik qoplamalarida zamonaviy mato materiallaridan foydalanilgan boʻlib, bu interyerga oʻziga xos minimalist va qatʼiy tus beradi.































Izohlar 0
…