Transfer bombasi: Rodri "Barselona"ga o‘tmoqda — "Real" kurashdan chiqdi

1 daqiqa o'qish128
Transfer bombasi: Rodri "Barselona"ga o‘tmoqda — "Real" kurashdan chiqdi

Yevropa futbolida yilning eng shov-shuvli transferi amalga oshishi mumkin. "Manchester Siti"ning ispaniyalik mahoratli yarimhimoyachisi Rodri "Barselona" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib oldi.

Marca nashrining nufuzli insayderi Matteo Moretto bergan xabarga ko‘ra, 30 yoshli yarimhimoyachi "Real Madrid"ning muzokaralardagi sustkashligi va keyingi qadamni tashlashni paysalga solganidan charchagan.

"Barselona" transferga tayyor: "Siti"ga rasmiy taklif yuboriladi

Kataloniyaliklar futbolchiga "Manchester Siti" bilan transfer bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga kirishishga tayyor ekanini ma’lum qilishgan. Yaqin soatlar ichida La Liganing amaldagi chempioni Ingliz klubi rahbariyati bilan rasman bog‘lanadi.

Fransiyalik nufuzli jurnalist Fabris Xokinsning ma’lumotlariga ko‘ra:

"Shaharliklar" o‘z yetakchisini qo‘yvorish uchun 60–70 million yevro atrofidagi taklifga rozi bo‘lishlari mumkin. Bu summa Kataloniya klubining moliyaviy imkoniyatlari doirasida ko‘rib chiqilmoqda.

Nega aynan "Barselona"?

Manbalarning ta’kidlashicha, Rodrining o‘zi ham Madridning "Real" klubidan ko‘ra "Barselona"ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Bu haqda ham "Manchester Siti", ham "Qirollik klubi" mutasaddilari allaqachon xabardor qilingan.

Ispaniyalik tajribali yarimhimoyachi kataloniyaliklarning to‘pga egalik qilishga asoslangan taktik o‘yin uslubida o‘z salohiyatini 100 foiz ochib bera olishiga to‘liq ishonmoqda.

Endilikda "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati ushbu yirik transferni moliyaviy Feyr-Pley (FFP) qoidalariga moslashtirgan holda muvaffaqiyatli yakunlashi talab etiladi.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?