Toshkentda ayolning behayo rasmlarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda ayolning behayo rasmlarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi
Qisqacha

Toshkentda 1995 yilda tug‘ilgan erkak 1999 yilda tug‘ilgan ayolning behayo foto va videolarini tarqatmaslik evaziga undan 3 ming AQSH dollari talab qilgani uchun ushlandi. U ayolni materiallarni oila a’zolariga ko‘rsatib, sharmanda qilish bilan ham qo‘rqitgan. Gumonlanuvchi Mirobod tumanida pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Holat yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Toshkent shahrida ayolning shaxsiy foto va videolarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lumotga ko‘ra, 1999 yilda tug‘ilgan ayol ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 1995 yilda tug‘ilgan erkak uning behayo mazmundagi foto va videolarini tarqatib yuborish, shuningdek, oila a’zolariga ko‘rsatib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitayotganini bildirgan.

Erkak ushbu ma’lumotlarni oshkor qilmaslik evaziga ayoldan 3 ming AQSH dollari talab qilgan. Arizadan so‘ng Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida gumonlanuvchi Toshkent shahrining Mirobod tumanida jabrlanuvchidan talab qilgan pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar