Messi oilasida og‘ir judolik: Lionelning otasi Xorxe Messi vafot etdi

1 daqiqa o'qish345
Messi oilasida og‘ir judolik: Lionelning otasi Xorxe Messi vafot etdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Lionel Messining otasi va ko'p yillik agenti Xorxe Messi 68 yoshida vafot etdi.
  • U uzoq vaqt og'ir xastalik bilan kurashgan va bugun tongda, mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da Rosario shahridagi shifoxonada hayotdan ko'z yumgan.
  • Xorxe Messi Lionel Messining otasi bo'lish bilan birga, uning professional faoliyatidagi asosiy maslahatchisi va rasmiy agenti sifatida xizmat qilgan.
  • Sport hamjamiyati va millionlab muxlislar Messi hamda uning oilasiga ta'ziya bildirmoqda.

Argentina va jahon futboli afsonasi Lionel Messining otasi hamda uning ko‘p yillik agenti Xorxe Messi 68 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Bu haqda Argentinaning nufuzli Infobae nashri xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Xorxe Messi uzoq vaqt davomida og‘ir xastalik bilan kurashib kelayotgan edi. U bugun tongda, mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da Rosario shahridagi shifoxonada vafot etdi.

Jahon chempionatidagi xet-trik va Messining ko‘z yoshlari

Musobaqa davomida Messining oilaviy vaziyat tufayli og‘ir ruhiy bosim ostida o‘ynayotgani manbalarda aytib o‘tilgan edi. Jahon chempionatining ilk turida Jazoir terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda (3:0) Messi xet-trik qayd etgan, ammo uchrashuv yakunlangach, maydonning o‘zida ko‘z yoshlarini tutib tura olmagan edi.

O‘shanda futbolchi bergan intervyusida bu hissiyotlar futbol yoki g‘alaba bilan emas, balki shaxsiy hayotidagi og‘ir kunlar bilan bog‘liqligini shama qilgandi.

Muhim detal: Chempionat bahslari davomida Argentina terma jamoasi tribunalarida Messining butun oilasi hozir bo‘lgan bo‘lsa-da, otasi Xorxe Messi ko‘rinmagani uning salomatligi yomonlashgani haqidagi xavotirlarni tasdiqlagan edi.

Leoning faoliyatidagi eng muhim inson

Xorxe Messi nafaqat Leo uchun suyanch bo‘lgan ota, balki uning butun professional faoliyati davomida asosiy maslahatchisi va rasmiy agenti sifatida ham xizmat qilgan. «Barselona»dagi ilk qadamlardan tortib, faoliyatidagi eng yirik shartnomalargacha aynan Xorxening nazorati va ishtiroki ostida amalga oshirilgan edi.

Sport hamjamiyati va millionlab muxlislar Messi va uning oilasiga samimiy ta’ziya bildirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?