Roma Rodrigo Mora transferi uchun kurashga kirishdi

Roma 2007-yilda tug'ilgan Porto futbolchisi Rodrigo Mora transferi uchun muzokaralarga kirishdi. Rim klubi futbolchini 5 million yevro evaziga ijara asosida olib, kelgusida uning transfer huquqini 45 million yevroga to'liq sotib olishni taklif qildi. Rodrigo Mora uchun Galatasaray ham qiziqish bildirayotgani sababli transfer poygasida raqobat kuchaygan.
Italiyaning Roma klubi tarkibni yosh isteʼdodlar bilan kuchaytirish maqsadida transfer bozorida faol harakatlarni boshladi. Giallorossilar kelajakni oʻylagan holda hujumkor yarim himoya chizigʻiga yangi nomzidlarni jalb etish ustida ish olib bormoqda. PortugaliyaningPorto jamoasi sharafini himoya qilayotgan 2007-yilda tugʻilgan iqtidorli futbolchi Rodrigo Mora Rim klubining asosiy nishonlaridan biriga aylandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Goal.com nashri va taniqli insayderlar tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Roma rahbariyati futbolchini oʻz safiga qoʻshib olish uchun allaqachon Portu klubi bilan muzokaralarga kirishgan. Rimliklar transfer oynasining soʻnggi bosqichida mazkur yosh iqtidor egasini qoʻlga kiritish uchun jiddiy qadamlar tashlamoqda. Portugaliya futbolining eng porloq yulduzlaridan biri sanalgan Rodrigo Mora oʻzining texnik mahorati va maydonni koʻra olish qobiliyati bilan Yevropaning bir qancha grand klublari eʼtiborini tortgan.
Moliyaviy takliflar va shartlar
Angelo Mangiantening xabar berishicha, Roma klubi Rodrigo Mora transferi boʻyicha oʻzining ilk rasmiy moliyaviy taklifini yuborgan. Unga koʻra, rimliklar futbolchini 5 million yevro evaziga ijara asosida olishni, shuningdek, kelgusida uning transfer huquqini 45 million yevro evaziga toʻliq sotib olish shartini taklif qilishgan. Biroq ushbu transferni amalga oshirish oson kechmaydi, chunki futbolchi uchun kurashda raqobat yetarlicha yuqori.Gianluca Di Marzoning maʼlumot berishicha, Roma bosh murabbiyi ushbu yosh futbolchini oʻz jamoasida koʻrishni juda xohlamoqda va rahbariyatdan uning transferini qaysi yoʻl bilan boʻlmasin hal qilishni talab qilmoqda. Mutaxassisning qatʼiy qiziqishi klubni muzokaralarda yanada faolroq boʻlishga undamoqda. Shunga qaramay, Rim klubi bu kurashda yolgʻiz emas.
Turkiya klubining qiziqishi
Turkiya OAVlari, xususan, Yağız Sabuncuoğlu tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Turkiyaning Galatasaray klubi ham Rodrigo Moraning harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Istanbulliklar ham transfer oynasining soʻnggi kunlarida iqtidorli futbolchini qoʻlga kiritish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Bu esa transfer poygasidagi raqobatni yanada keskinlashtirib yubordi.Portu bosh murabbiyi Francesco Farioli futbolchining transferiga oid mish-mishlarga munosabat bildirarkan, quyidagilarni taʼkidladi: «U jamoadan ketishini soʻrab murojaat qilgani yoʻq. Men transfer bozori futbolchilarning xayorini olishi mumkinligini tushunaman, baʼzida oʻyinchilar boshqa manzillar yoki Portudagi oʻrni haqida oʻylashlari tabiiy. Ammo barcha xotirjam boʻlishi mumkin».
Hozircha transferning yakuni qanday yakunlanishi nomaʼlum boʻlib qolmoqda. Roma klubi qisqa fursat ichida muzokaralarni ijobiy yakunlab, raqobatchilarni ortda qoldirishga intilmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, bu Rim jamoasining kelgusi mavsumlardagi rejalarida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.






























Izohlar 0
…