Barselona Rodri transferi ustida ishlamoqda va jamoada oʻzgarishlar kutilmoqda

Barselona Manchester Siti yarim himoyachisi Rodrini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Rodrining kelishi Hansi Flik jamoasidagi maydon markazi uchun raqobatni kuchaytirib, Gavi va Pedriga ta'sir qilmasligi kutilmoqda. Jarohatdan so'ng tiklanayotgan Frenki de Xong asosiy tarkibdagi o'rnini saqlab qolish uchun kurashishiga to'g'ri kelishi mumkin.
Sport nashri maʼlumotiga koʻra, Kataloniyaning Barselona klubi Manchester Siti yarim himoyachisi Rodrini oʻz safiga qoʻshib olish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Ushbu transfer Hansi Flik boshchilik qilayotgan jamoa loyihasini yangi bosqichga olib chiqishi hamda maydon markazidagi raqobat muhitini tubdan oʻzgartirib yuborishi kutilmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Hozirgi kunda dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri deb eʼtirof etilayotgan Rodrining transferi nafaqat maydondagi oʻyin sifatini oshiradi, balki jamoaga yetakchilik xususiyatlarini ham olib kiradi. Biroq, bunday darajadagi yulduzning kelishi kataloniyaliklar tarkibidagi boshqa futbolchilarning taqdiriga jiddiy taʼsir koʻrsatishi muqarrar.
Tarkibdagi oʻzgarishlar va jabrllanuvchilar
Manbaga koʻra, Rodrining kelishi Gavi va Pedri kabi asosiy figuralarga taʼsir qilmaydi, biroq boshqa bir qator futbolchilar oʻz oʻrnini yoʻqotish xavfi bilan yuzma-yuz keladi. Xususan, jarohatdan soʻq tiklanish jarayonini boshdan kechirayotgan Frenki de Xong eng koʻp jabr koʻruvchilardan biri boʻlishi kutilmoqda.Niderlandiya terma jamoasi safida jahon chempionatida qatnashish uchun katta kuch sarflagan Frenki de Xong tizzasidagi jiddiy jarohatdan keyin safga qaytmoqda. Biroq tibbiy ruxsat olgach, u ilgari deyarli kafolatlangan asosiy tarkibdagi oʻrnini saqlab qolish uchun ancha qiyin kurash olib borishiga toʻgʻri keladi.
Mark Kasadoning kelajagi
Rodri transferining ikkinchi qurboni sifatida Mark Kasado qayd etilmoqda. Murabbiy Hansi Flik oʻtgan mavsum oxirida futbolchiga boshqa jamoa topish maqsadga muvofiqligini ochiq aytgan edi. Shunga qaramay, yosh yarim himoyachi Spotify Camp Nouʼda muvaffaqiyat qozonish orzusidan voz kechmagani va kurashni davom ettirmoqchi ekanini maʼlum qilgan.Agar transfer muvaffaqiyatli yakunlansa, Barselona yarim himoya chizigʻidagi kadrlar siyosati jiddiy oʻzgarishlarga uchraydi. Bu esa mavsum davomidagi rotatsiya jarayonlariga va ayrim futbolchilarning klubdagi kelajagiga bevosita taʼsir koʻrsatishi aniq.






























Izohlar 0
…