Qashqadaryolik karatechi xalqaro turnirda ikki medalni qo‘lga kiritdi

Qashqadaryolik karatechi xalqaro turnirda ikki medalni qo‘lga kiritdi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan yosh sportchi Isayev Saidasliddinxon xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishdi.

2006 yilda tavallud topgan karatechi musobaqa oldidan Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimovga oltin medal bilan qaytishga va’da bergan edi.

Armaniyada tashkil etilgan karate bo‘yicha xalqaro turnirda Saidasliddinxon munosib qatnashib, birdaniga ikki medalni qo‘lga kiritdi. U kata yo‘nalishida oltin, kumite bahslarida esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa yosh sportchi bergan va’dasining ustidan chiqib, yurtiga oltin medal bilan qaytdi. Mazkur natija Saidasliddinxonning o‘z mehnati bilan birga, uning murabbiylari hamda Qashqadaryo sport maktabining samarali faoliyati natijasi bo‘ldi.

Saidasliddinxonni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda ham yangi g‘alabalar va ulkan zafarlar tilaymiz.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar