MOQ sobiq raisi Sobir Ro‘ziyev 73 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston qilichbozligi rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli sportchi, Moskva-1980 yozgi Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori va Milliy olimpiya qo‘mitasining sobiq raisi Sobir Ro‘ziyev 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sobir Ro‘ziyev sportchilik faoliyati davomida jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.
U o‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida mamlakatimizda qilichbozlik sportining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan. Uning sport sohasidagi xizmatlari munosib e’tirof etilib, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.






























Izohlar 0
…