Tarixiy g‘alaba: O‘zbekiston eshkak eshishda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Tarixiy g‘alaba: O‘zbekiston eshkak eshishda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik Shahzod Nurmatov va Sobir Safaroliyev akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdi. Ular Amsterdamda o‘tkazilayotgan musobaqaning yengil vaznli juftliklar — LM2x dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekistonlik sportchilar final bahsida Germaniya va AQSH vakillarini ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Germaniya vakillari kumush, AQSH sportchilari esa bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba O‘zbekiston akademik eshkak eshish sporti tarixida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal bo‘ldi.

Shahzod Nurmatov va Sobir Safaroliyev tarixiy g‘alabasini O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlaganini bildirgan.

O‘zbekistonlik ikki eshkakchi medallarni tishlab, bayroq bilan g‘alabani nishonlamoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar