Shanxayda nokautlar yomg‘iri: Favoritlar birin-ketin quladi, Nurmagomedov yer tishladi!

Shanxayda nokautlar yomg‘iri: Favoritlar birin-ketin quladi, Nurmagomedov yer tishladi!

Xitoyning Shanxay shahri mezbonlik qilgan UFC Fight Night 286 turniri yilning eng yorqin va muddatidan oldin yakunlangan janglarga boy musobaqalaridan biriga aylandi. Kardidagi 13 ta qarama-qarshilikning naq 10 tasi muddatidan avval — nokautlar, texnik nokautlar va og‘rituvchi usullar (sabmishn) bilan yakunlanib, muxlislarga haqiqiy adrenalin ulashdi.

Kechaning bosh qahramonlaridan biri — mahalliy yulduz Song Yadong yengil vaznda chempionlik poygasida katta burilish yasagan bo‘lsa, braziliyalik Deniz Gomes ayollar divizionidagi top-da’vogarni yer tishlatdi.

Markaziy janglar dahshati: Nurmagomedov va Yan Syaonan qulatildi

Musobaqaning asosiy voqealari oktagondagi keskin va tezkor finishlar bilan yodda qoldi:

  • Song Yadong vs Umar Nurmagomedov (2-raund, 1:48): Jangning ikkinchi raundida xitoylik jangchi pastga egilgan Umarni chaqmoqdek o‘ng qo‘l zarbasi bilan tutib oldi va parterdagi tinimsiz zarbalar (hammerfist) evaziga sof nokaut qayd etdi. Bu rossiyalik sportchi uchun faoliyatidagi ilk muddatidan oldingi mag‘lubiyat bo‘ldi. Song esa Shon O'Mellidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng ketma-ket ikkinchi g‘alabasini tantana qilib, kamar uchun asosiy da’vogarga aylandi;

  • Deniz Gomes vs Syaonan Yan (1-raund, 4:49): Kamar uchun sobiq da’vogar Syaonan Yan o‘z yurtida og‘ir zarba qabul qildi. Birinchi raund yakunida Deniz Gomes raqibasini o‘ng tirsak zarbasi bilan kutib olib, ketma-ket yon zarbalar orqali nokautga uchratdi.

UFC Fight Night 286 turnirining barcha natijalari

Asosiy kard janglari:

  • Song Yadong Umar Nurmagomedovni nokautga (zarbalar) uchratdi — 2-raund, 1:48;

  • Deniz Gomes Syaonan Yanni nokaut (zarbalar) qildi — 1-raund, 4:49;

  • Kay Asakura Kilenga Aorini texnik nokaut (boshga oyoq zarbasi) evaziga yengdi — 2-raund, 0:34;

  • Su Mudayerji Aleks Perezni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (29-28, 29-28, 29-28);

  • Se Lyu Levi Rodrigesni nokaut (zarba) bilan yutdi — 1-raund, 4:26;

  • Bilal Xasan Nilson Roxasni nokaut evaziga (zarba) mag‘lubiyatga uchratdi — 2-raund, 2:28.

Prelim kard janglari:

  • Andre Lima Namsray Batbayarni sabmishn (gilotina) qildi — 3-raund, 3:03;

  • Ri Suruya Kevin Borxasni sabmishn (ortdan bo‘g‘ish) evaziga taslim etdi — 1-raund, 4:14;

  • Shon Vudson Jek Jenkinsni hakamlarning ayri qarori bilan (28-29, 29-28, 29-28) yutdi;

  • Franchesko Nutssi Syao Lunni texnik nokautga (zarbalar) uchratdi — 1-raund, 1:00;

  • Ektor Santyago Lourens Luini nokaut (zarbalar) evaziga yengdi — 2-raund, 0:53;

  • Juliya Polastri Szinnan Sonni nokaut (boshga oyoq zarbasi) qildi — 1-raund, 3:06;

  • Kem Nelson Meng Dingni ochkolar hisobiga ko‘ra (29-28, 29-28, 29-28) mag‘lub etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar