Argentina Osiyo turnasidan voz kechib, oʻz uyida uchta oʻyin oʻtkazadi

Argentina Osiyo turnasidan voz kechib, oʻz uyida uchta oʻyin oʻtkazadi

Lionel Messining terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani Argentina futbol assotsiatsiyasining rejalarini tubdan oʻzgartirib yubordi. ESPN Argentina nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, terma jamoa Osiyo boʻylab rejalashtirilgan safardan voz kechib, kuzgi FIFA taqvimida oʻz uyida uchta oʻyin oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Lionel Skaloni shogirdlari 21-sentabrdan 6-oktabrgacha davom etadigan xalqaro tanaffus vaqtida oʻz muxlislari qarshisida toʻp surishadi. Dastlab Xitoy bilan oʻyin deyarli kelishib qoʻyilgan boʻlib, Osiyo turnasi orqali katta moliyaviy daromad olish koʻzda tutilgandi. Biroq Lionel Messining ketishi barcha muzokaralarni toʻxtatib qoʻyishga sabab boʻldi.

Uy uchrashuvlari va yangi manzillar

ESPN jurnalisti Diego Monroigning Sportscenter koʻrsatuvida maʼlum qilishicha, terma jamoaning ushbu FIFA oynasini toʻliq oʻz uyida oʻtkazish ehtimoli 90 foizni tashkil etadi. Dastlabki bahsni poytaxtdagi «El Monumental» stadionida Janubiy Amerika yoki KONKAKAF vakiliga qarshi oʻtkazish moʻljallanmoqda.

Qolgan ikkifta uchrashuv esa mamlakat viloyatlariga koʻchirilishi kutilmoqda. Xususan, Kordoba va Rosario shahrlari mazkur oʻyinlarni qabul qilish uchun asosiy daʼvogar sifatida koʻrsatilmoqda. Bu esa Argentina chempionati ishqibozlari uchun oʻz shahrida jahon yulduzlarini koʻrish imkoniyatini beradi.

Taktik oʻzgarishlar davri

Mazkur uchta oʻyin bosh murabbiy Lionel Skaloni uchun Ispaniyadan uchralgan 1:0 hisobidagi ogʻir magʻlubiyatdan soʻng jamoa oʻyinini qaytadan shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iyul oyidagi mundial finalidagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin murabbiylar shtabi yangi avlod vakillarini tarkibga jalb etish ustida ish boshlagan.

Ayni damda Argentina terma jamoasi oʻzining sobiq sardori va asosiy toʻpurarisiz yangi davrga qadam qoʻymoqda. 2027-yilgi taqvimga qadar jamoani 9–17-noyabr kunlari yana bir FIFA oynasi kutib turibdi. Bu esa murabbiylar shtabiga yosh futbolchilarni sinovdan oʻtkazish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar