O‘zbekiston futbol federasiyasi Matbuot xizmati O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan taqdiri bilan bog‘liq rasmiy xabarni e’lon qildi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti yozmoqda.
“Milliy terma jamoaning jahon chempionati saralash o‘yinlaridagi ishtiroki, terma jamoa murabbiylar shtabi a’zolarining atrofidagi xavotirli fikrlarga hurmat saqlagan holda ma’lum qilamizki, O‘zbekiston futbol federasiyasi Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabiga ish va vazifani oxiriga etkazib qo‘yish uchun imkoniyat beradi. O‘zbekiston terma jamoasining 31 avgustda Xitoyga qarshi safardagi o‘yini hamda 5 sentyabr kuni Koreyaga qarshi Toshkentdagi o‘yinlariga jamoani Samvel Babayan tayyorlaydi”, deyiladi xabarda.
Milliy terma jamoaning keyingi taqdiri bo‘yicha qaror 5 sentyabrda Koreya bilan Toshkentdagi o‘yindan keyin qabul qilinadi.
Shu bilan bir qatorda qo‘shimcha qilamizki, O‘zbekiston futbol federasiyasi Ijroiya qo‘mitasi byurosining qaroriga ko‘ra, shu yilning sentyabr oyida O‘FF navbatdagi Konferensiyasini o‘tkazadi. Unda tashkiliy masalalar, shu jumladan, O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti va rahbarlik lavozimlarining saylovi, O‘FF strukturasini o‘zgartirish va kadrlar masalasini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, mamlakat futbolini isloh qilish bo‘yicha dasturlarni tuzib chiqish kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi