Xabaringiz bor, 21 iyun kuni O‘zbekiston futbol federasiyasi va milliy terma jamoa murabbiylari ishtirokida savol-javob anjumani o‘tkaziladi.
Assalomu alaykum!
Hurmatli futbol ishqibozlari.
Xabaringiz bor, ertaga Xalqaro Press-klubda sport olami, mamlakatimizda sportni rivojlantirish, Olimpiya harakati va xususan futbol mavzusiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tadi. So‘nggi haftada O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eron terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yin natijalari qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Biz futbol shinavandalarining hissiyotlarini hurmat qilgan holda va to‘planib qolgan savollariga javob berish uchun istisno tariqasida, Sizlarning bizga ko‘p minglik murojaatlaringizni inobatga olgan holda, navbatdan tashqari matbuot anjumannini belgiladik.
Lekin, men bugun tashvishga solayotgan ba’zi bir fikrlar haqida do‘st sifatida o‘rtoqlashmoqchi edim.
Birinchidan, Xalqaro Press-klub O‘zbekiston Futbol Federasiyasi 15 iyun kuni tarqatgan press-relizni yana bir bor o‘qib chiqishni tavsiya etadi. Chunki unda ko‘p savollarga javob bor.
Ikkinchidan, Xalqaro Press-klub o‘z hududida futbol mutassadilari shaxsiyatini ishtrokchilar tomonidan taxqirlanishiga va xaqoratlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Asosiy niyatimiz — futbol olamida bo‘layotgan turli fikrlar va mish-mishlar, qarama qarshi fikrlarga batafsil oydinlik kiritish.
Uchinchidan, yo‘l qo‘yilgan xatolar, hozirgi yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib to‘g‘ri xulosa va ijobiy natijalarga erishishga qaratilgan. Zotan, biz muxlislarni ko‘r ko‘rona fanatizmdan holi bo‘lishga chaqirib qolamiz.
To‘rtinchidan, Biz yutqazdik. Lekin bu mag‘lubiyatning ichki nafis olamimizni buzuvchi g‘azabli tahlilidan kura, O‘zbek futbolining ertangi kunini: 5-10 yildan keyingi holatini tahlil kilish va tavsiyalar ishlab chiqishimiz muhimroq.
Xalkaro Press klub formatiga ko‘ra, biz “sariq matbuot” uchun sensasiya yaratish yoki aybdorlar izlash maqsadidan yiroqmiz. Aksincha, kelajakda ijobiy natijalarga erishish uchun mustahkam poydevor yaratish yo‘lidagi ochiq muloqot tarafdorimiz. Iltimos, ulug‘ ayyom kunlari bir birimizga hurmatimizni va odobni saqlaylik.
Sherzodxon Qudratxodjaev
Xalqaro Press-klub raisi
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi