Barcelona va Juventus Manchester United hujumchisi bilan aloqaga chiqdi

Barcelona va Juventus Manchester United hujumchisi bilan aloqaga chiqdi

Manchester United hujumchisi Benyamin Sheshko Yevropaning ikki grand klubi e'tiborini tortdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TuttoJuve nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Barcelona va Juventus klublari sloveniyalik futbolchining 2027 yildagi ehtimoliy transferi yuzasidan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan. Hozircha turinliklar kataloniyaliklardan biroz oldinda bormoqda, biroq tomonlar hali rasmiy taklif bilan chiqmagani aytilmoqda. Transferdagi asosiy to'siq sifatida futbolchining narxi ko'rsatilmoqda, chunki Manchester United o'z hujumchisi uchun 75 million Yevro talab qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, ingliz klubi forvardni 2025 yilning yozida RB Leipzigdan 76,5 million Yevro evaziga sotib olgandi. Hozirgi mavsumda u barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Shuni ta'kidlash kerakki, hujumchi Premyer-liganing to'rtta uchrashuvida biror marta ham asosiy tarkibda maydonga tushmadi va umumiy hisobda atigi 76 daqiqa harakat qildi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar