Messi "Vantix Magazine" talqiniga ko‘ra 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

1 daqiqa o'qish2
Messi "Vantix Magazine" talqiniga ko‘ra 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Argentina terma jamoasi va «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Kanadaning "Vantix Magazine" jurnali tomonidan 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. Bu haqda nashrning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Messi «Honours 2026» taqdirlash marosimida «Yil futbolchisi» mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Argentinalik futbolchi ushbu e’tirof uchun Kilian Mbappe, Garri Keyn, Maykl Olise va Lamin Yamal kabi futbolchilar bilan raqobatlashgan.

Messi 2026 yilgi MLS mavsumida «Inter Mayami» safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 26 ta gol bilan MLS'ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Shuningdek, Messi Argentina terma jamoasi safida 2026 yilda 11 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U milliy jamoa bilan Jahon chempionati finaliga qadar yetib bordi. Biroq hal qiluvchi bahsda Argentina Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Messi mundialda 8 ta uchrashuvda qatnashib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Messi 2026 yil 31 avgust kuni Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi. U milliy jamoa safida 2022 yilgi Jahon chempionligi, 2021 va 2024 yillardagi Amerika Kubogi g‘olibligi hamda 2008 yilgi Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?