3 565
Mahalliy mutaxassisga tayanib…yoki Babayan va Shin Te Yong qarama qarshiligi davom etadi
Hozir Osiyoda jahon chempionati saralashi musobaqasi to‘xtab turibdi, shu bois yangiliklar ham u qadar ko‘p emas. Ammo joriy hafta boshida biz uchun etarlicha qiziqishga sabab bo‘ladigan ma’lumot baribir, tarqadi - Janubiy Koreya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Xabaringiz bor, Uli Shtilike ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng iste’foga chiqarilgach, anchadan buyon yangi murabbiy tayinlanmagandi. Nihoyat, uzoq kutilgan xabar chiqdi - mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida milliy termamizning asosiy raqobatchisiga aylanib qolgan jamoani endi Shin Te Yong boshqaradi.
Albatta, bu yangilik biz uchun muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, Janubiy Koreya termasi bilan JCh saralashida bir guruhda kurash olib bormoqdamiz. Ikkinchidan va eng muhimi esa - saralashning so‘nggi o‘yini aynan shu jamoaga qarshi bo‘lib o‘tadi. Shunday ekan, asosiy raqibga e’tibor yuqori bo‘lishi turgan gap.
O‘zbekiston terma jamoasining ham xuddi Janubiy Koreya singari saralashda omadi chopmayapti. Oxirgi mag‘lubiyatlar esa jamoani tamoman izdan chiqardi. Agar koreyaliklar sal olg‘irroq bo‘lganlarida allaqachon ikkinchi yo‘llanma taqdiri ham hal bo‘lardi. O‘z navbatida, milliy termamiz haqida ham xuddi shunday fikr bildirish mumkin: biz allaqachon J.Koreya jamoasini ortda qoldirib, ayni payt Rossiyadagi JChga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishimiz mumkin edi. Afsuski, Erondagi bahsda maydon egalari bizdan ustunroq chiqib qolishdi. Ammo ushbu mag‘lubiyatdan keyin ham taqdir bizga yana bir imkoniyatni taqdim etdi. Qatar termasi koreyslarni mag‘lubiyatga uchratdi-yu, guruhdagi vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi. Eng asosiysi, bizda hamon mundialga chiqish imkoniyati saqlanib turibdi. Boshqacha aytganda, hammasi yana o‘z qo‘limizda.
Eronliklar allaqachon o‘z ulushlarini qo‘lga kiritib bo‘lishdi, endi Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati eshigi ular uchun ochiq. Hamma gap ikkinchi yo‘llanmaning kimga nasib etishida qoldi. Bu yo‘ldagi kurash endilikda Janubiy Koreya va O‘zbekiston termalari uchun hayot-mamot masalasiga aylanadi. Shunday ekan, ayni payt eng asosiy raqibimizga aylangan jamoada murabbiy o‘zgarganiga befarq qarab turolmaymiz. J.Koreya va O‘zbekiston termalarining muammolari bir-biriga o‘xshash. Farqi shundaki, jamoalar ushbu muammolardan turlicha yo‘l bilan chiqishga qaror qilishdi. Xo‘sh, biz bu mutaxassis haqida nimalar bilamiz?
Shin Te Yong bunga qadar Janubiy Koreya U-20 terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. Ushbu mutaxassis Uli Shtilike kelguniga qadar, ya’ni 2014 yilning sentyabrida bosh murabbiy lavozimini bajargan. 46 yoshli Te Yong murabbiylik faoliyatini 2005 yili boshlagan. Dastlab uch yil davomida «Brisben Roar» klubida yordamchi vazifasini bajardi. 2009 yil «Seongnam Ilva Chunma»ga kelib, 2010-2012 yillarda shu jamoa bosh murabbiyligiga tayinlandi. 2014-2016 yillarda Janubiy Koreya termasi murabbiylar shtabida mehnat qildi. Oxirgi ikki yilda Janubiy Koreya U-23 va U-20 termalarini boshqardi. Demak, 31 avgust sanasi koreyslar Shin Te Yong boshchiligida o‘z maydonlarida Eron termasini qabul qilishadi. 5 sentyabrda esa Toshkentda mehmon bo‘lishadi.
Albatta, bu o‘zgarish qaysidir ma’noda vaziyatga o‘z ta’sirini o‘tkazishi tayin. Yoki Shin Te Yong boshchiligida koreyslar asosiy maqsadlarini ro‘yobga chiqarishadi, yo bo‘lmasa, mundial yo‘llanmasini O‘zbekiston termasiga topshirishadi. Tabiiyki, mazkur holatda biz uchun ikkinchi variant ma’qulroq. Axir yuqorida ta’kidlaganimizdek, barchasi o‘z qo‘limizda va futbolchilarimiz bizni xursand qilishlariga ishonamiz.
Yana Janubiy Koreya termasi mavzusiga qaytadigan bo‘lsak, bu jamoa guruhdagi bahslarni yomon o‘tkazmadi va ko‘p hollarda omadsizlik tufayli ochko yo‘qotdi. Biroq shunga qaramay, baribir, bosh murabbiyni almashtirishni ma’qul ko‘rishdi. Chunki kerakli natijaga erishilmadi va Shtilikedek tajribali mutaxassis iste’foga chiqarildi.
Albatta, Janubiy Koreya termasi boshqaruviga yangi murabbiy kelgach, ish uslubi va sifati ham o‘zgarishi turgan gap. Shunga yarasha jamoa futbolchilaridagi kayfiyat boshqacha, ya’ni ijobiy tus olib, maydonga o‘zgacha ishtiyoqda tushishlarini taxmin qilish qiyin emas. Bu esa, O‘zbekiston milliy jamoasi vakillari zimmasidagi mas’uliyat yukini yanada oshiradi. Yo‘q, raqibimizning bosh murabbiyini o‘zgartirishi bizni aslo cho‘chitmaydi. Shunchaki, tayyorgarlik ikki hissa kuchaytirilib, futbolchilarimizga jangovarlik ruhi singdirilsa, biz har qanday raqibni engib, asosiy maqsadimizga erishib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz. Hattoki, qarshimizga turli o‘zgarishlarga qo‘lga urgan Janubiy Koreya termasi chiqsa ham.
Aytgancha, Shin Te Yong bizning Samavel Babayanga notaninsh emas. Ular Qatarda o‘tkazilgan U-23 Osiyo chempionati (Olimpiada-2017 saralashi) bahslarida ro‘baro‘ kelishgan edi. O‘shanda koreyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishgan edi...
Janubiy Koreya - O‘zbekiston — 2:1
Gollar: Mun Chang Jin (20, pen), Mun Chan Jin (47) - Dostonbek Hamdamov (58)
Janubiy Koreya U-23:
Kim Dong Jin, Mun Chang Jin, Li Chang Min, Xvang Xi Chang, Yong Jay Min, Syon Ju Xun, Sim Sang Min, Jin Syong Uk, Li Syol Chan, Ryu Syong Vu, Park Yong Vu
O‘zbekiston U-23:
Abdumavlon Abdujalilov, Akrom Komilov, Maksimilian Fomin, Vladimir Kozak, Jamshid Boltaboyev, Otabek Shukurov, Javohir Sohibov, Jamshid Iskanderov, Dostonbek Hamdamov, Igor Sergeev, Eldor Shomurodov
Manba: interfutbol.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi