Kecha terma jamoamiz jahon chempionati saralash o‘yinini o‘tkazish uchun Xitoyga yetib bordi va u yerda dastlabki mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Quyida dastlabki mashg‘ulotlar haqidagi videolavhani tomosha qilishingiz mumkin.
Ushbu videolavha O‘zbekiston futbol federatsiyasining matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Eslatib o‘tamiz, bosh murabbiy Samvel Babayan 31 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinga 24 nafar futbolchini jalb qilgandi. Quyida ular bilan tanishish mumkin:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv” Toshkent), Nikita Ribkin (“Qo‘qon-1912”);
Himoyachilar: Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Sherzod A’zamov (“Paxtakor”), Yegor Krimets (“Beyjing Goan”, Xitoy), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv” Toshkent);
Yarim himoyachilar: Server Jeparov (“Istiqlol” Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv” Toshkent), Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Fozil Musayev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jazira”, BAA), Marat Bikmayev (“Lokomotiv” Toshkent), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”, Toshkent);
Hujumchilar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston).
Xitoy – O‘zbekiston uchrashuv 31 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. Uchrashuvni "Sport" telekanali jonli efirda olib ko‘rsatishni rejalashtirgan. Shu kuni “A” guruhi yetakchilari Eron va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin parallel ravishda boshlanadi.
Manba: www.uzbekistan24.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda