Sport TV sharhlovchisi Xayrulla Hamidov jonli efirda namoyish etilgan "Sport vaqti" ko‘rsatuvi davomida O‘zbekiston terma jamoasining JCh saralashida Xitoyga qarshi o‘tkazadigan o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Bu uchrashuvda Igor Sergeyev asosiy tarkibda maydonga tushmasligi lozim. Uning o‘rniga texnik jihatdan kuchliroq bo‘lgan Temurxo‘ja Abduholiqov maydonga tushgani ma’qul.
Marchello Lippi taktik jihatdan juda kuchli murabbiy va u terma jamoamizning barcha futbolchilarini o‘rganib chiqqani shubhasiz. Agar Igor Sergeyev maydonga tushadigan bo‘lsa, Lippi o‘ylagan narsa amalga oshgan bo‘ladi. U o‘z jamoasini eng avvalo Sergeyev maydonga tushadigan o‘yinga tayyorlaganiga ishonaman. Shaxmatda raqibning yurishini oldindan bilish juda muhim. Lippi ham mana shu yurishni tahmin qilayotganiga shubha yo‘q. Chunki Samvel Babayan ilgari har qanday holatda ham Sergeyevni maydonga tushirib kelayotgan edi.
Igor Sergeyev Xitoy chempionatida birorta gol ura olmaganda ham terma jamoada asosiy tarkibda o‘ynagan. To‘g‘ri, Oliy ligaga qaytgandan keyin nihoyat gol urishni yana boshladi. Ammo Xitoy bilan u emas, balki og‘ir vaqtda mas’uliyatni o‘ziga oladigan va raqib futbolchilarini aldab o‘tishi mumkin bo‘lgan Abduholiqov o‘ynagani ma’qul. Sergeyevda golli vaziyat bo‘lishi uchun butun jamoa ishlashi kerak. Temurxo‘ja esa o‘zi ham vaziyat yaratishi mumkin.
Umuman, Xitoyga qarshi kechadigan o‘yinda terma jamoaga yangilik kiritish kerak. Yegor Krimetsni xitoyliklar yaxshi bilishadi. Shuning uchun uning maydonga tushishi o‘zini oqlamasa kerak. To‘g‘ri, ular Anzur Ismoilovni ham yaxshi biladi. Ammo bugungi kunda terma jamoa himoyasini Anzursiz tasavvur qilish qiyin. Keyin, Krimetsdan farqli ravishda Ismoilov Xitoyda ham yaxshi o‘ynamoqda.
Xitoy bilan bo‘ladigan o‘yinda qanotlardan uyushtiriladigan hujumlarning ahamiyati katta. Shuning uchun Sardor Rashidovdan ham foydalansak yaxshi bo‘lardi. Bu yurish ham Xitoy uchun kutilmagan bo‘lardi. Ammo to‘g‘risini aytsam, Samvel Babayan shunday yo‘l tutishiga shaxsan o‘zim ishonmayman. Bu gaplar shunchaki mening istagim holos. Babayan esa Xitoy bilan bo‘ladigan o‘yinda yana o‘sha eski tarkib bilan maydonga tushsa, aslo hayron qolmagan bo‘lardim", - deydi taniqli jurnalist.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda