21:37 / 31.08.2017
5 269

Samvel Babayan: Omad bugun raqib tomonda bo‘ldi

Samvel Babayan: Omad bugun raqib tomonda bo‘ldi
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 9-turidan o‘rin olgan Xitoy – O‘zbekiston (1:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qiyin o‘yin o‘tkazdik va afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Bugun omad bizdan yuz o‘girdi, omad raqib tomonda bo‘ldi. Bugungi o‘yin uchun barcha futbolchilarga rahmat aytaman, ular maydonda bor kuchini berdi.

Afsuski, o‘yin yakunlanib borayotganda darvozamiz tomon penalti belgilandi. Bundan natijaga loyiq emasdik. O‘yin yakunida Marchello Lippiga omad ularga kulib boqqanini aytdim. Qaytarib aytaman, mag‘lubiyatga loyiq emasdik.

Raqibni hurmat qilgan holda shuni aytishim kerakki, Toshkentda bo‘lgani kabi bu yerda ham g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Birinchi navbatda Xitoy bilan o‘yinni xotirjamlik bilan o‘rganib chiqishimiz kerak. Shundan keyin Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Barchasi Toshkentda, Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda hal bo‘ladi”, – dedi Samvel Babayan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 5 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.


Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: Omad bugun raqib tomonda bo‘ldi