4 291
O‘zbekistonning JChga chiqish imkoniyati 37 foiz. Bu Koreyada 72, Suriyada 13 foizni tashkil qiladi
«Championat.asia» nashri We Global Football’ning Twitter sahifasiga asoslanib, JCh—2018 saralashida ishtirok etayotgan terma jamoalarning mundial chiptasi uchun imkoniyatlari aks etgan suratni taqdim etdi.
Saralash bellashuvlari barcha kontinentlarda o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, oldindagi o‘yinlar, raqiblar saviyasi, qolgan uchrashuvlar natijasi va ehtimoliy holatlar inobatga olinib, termalar imkoniyati foiz ko‘rsatkichlarida taqdim etildi.
Samvel Babayan ustozlik qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyani qabul qiladi. Ayni paytda koreyaliklar O‘zbekistondan 2 ochko ilgarilab ketgan bo‘lsa, 9-turdan keyin Suriya ochkolari sonini O‘zbekistonniki bilan tanglashtirib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
We Global Football talqiniga ko‘ra, Toshkentga kelayotgan koreyaliklarning Rossiya—2018 ga borish imkoniyati 72,71 foizga teng. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 37,83 ni tashkil qilmoqda. Babayan jamoasi «Omad kulib boqishi kerak» deb nomlangan guruhga joylashtirilgan.
Boisi, Xitoydagi mag‘lubiyatdan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyati faqatgina O‘zbekistonning qo‘lida qolgan emas. Hatto koreyaliklar mag‘lub etilganida ham, Suriyaning Eron ustidan ehtimoliy g‘alabasi qimmatga tushishi mumkin.
O‘z navbatida, suriyaliklarning 2-o‘rinni qo‘lga kiritish imkoniyati 13,63 ga teng kurilgan. Forslarning 9 turdan buyon mag‘lub bo‘lish u yoqda tursin, gol o‘tkazmay kelayotgani Suriyaning imkoniyatlarini kamaytirib ko‘rsatadi.
Xitoy esa 3-yo‘llanmadan umid qilishi mumkin. Buning uchun Suriya va O‘zbekiston yengilishi, Xitoy Qatarni yaxshiroq hisobda mag‘lub etishi shart. Bunda imkoniyat hatto 1 ga ham teng emas — 0,25.
Manba: daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar