Samvel Babayan: «Mening iste’foga chiqishimni federatsiya hal qiladi»

Hozirgina "Bunyodkor" stadionining anjumanlar zalida O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yini oldidan matbuot anjumanida dastlab jurnalistlar savollariga bosh murabbiy Samvel Babayan va futbolchi Jaloliddin Masharipov javob berdi, deb yozmoqda «Uzbekistan24.uz» sayti.
– Xitoy bilan o‘yinda biz g‘alabaga haqli edik. O‘yinni hakamlar buzdi. Ayniqsa, penalti bilan bog‘liq vaziyat haqida uzoq bahslashish mumkin, – dedi Babayan.
Shuningdek, OAV xodimlari tomonidan yo‘llangan Samvel Babayanning iste’fosi haqidagi savolga murabbiy quyidagicha javob berdi:
– Menga bu savolni juda ko‘p berishdi. Yana qaytarib aytaman, mening qachon iste’foga chiqishimni O‘zbekiston futbol federatsiyasi hal qiladi. Rahbariyatning har bir qarorini shu zahotiyoq bajarishga tayyorman.

Izohlar 0
…