
JCh-2018 musobaqasining Osiyo saralashi so‘nggi turidan o‘rin olgan Eron hamda Suriya uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.
Uchrashuv debyutida kutilmaganda mehmonlar Xoji Muhammadning golidan so‘ng oldinga chiqib oldilar. Birinchi bo‘lim so‘nggida Sardor Ozmun muvozanat tikladi.
Uchrashuvning 64-daqiqasida Ozmun o‘zining va jamoasining ikkinchi golini urdi va eronliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Suriya hisobni tenglashtirdi va O‘zbekistonni JCh-2018ga chiqish imkoniyatidan butkul mahrum qildi.
JCh-2018 saralashi, Osiyo qit’asi
Eron - Suriya 2:2 (1:1, 1:1)
Gol: 0:1 - 13 Xoji Muhammad, 1:1 - 45 Ozmun, 2:1 - 64 Ozmun, 2:2 - 90+3 Al Soma.
Eron: Beyronvand - Rizoiyon, Muhammadiy, Ansoriy, Hojsafiy - Dijogah, Puraliganjiy, Karimi, Jahonbahsh - Ozmun, Toramiy.
Suriya: Alma - Al-Ajan, Al-Masri, Al-Solih, Al-Shibli - Xoji Muhammad, Al-Movas, Al-Midani - Al-Soma, Xribin, Al-Hatib.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar