20:56 / 06.09.2017
5 188

Diqqat! OFK JCh-2018 saralashining so‘nggi turidagi shubhali natijalar bo‘yicha tergov ishi boshladi

Diqqat! OFK JCh-2018 saralashining so‘nggi turidagi shubhali natijalar bo‘yicha tergov ishi boshladi
Osiyo futbol konfederatsiyasi JCh-2018 saralashining so‘nggi turidagi o‘yinlari ustidan tergov-surishtiruv ishlarini boshladi.
OFK ayni damda mazkur ishga oid materiallarni to‘plamoqda. Rasmiy saytda yozilishicha, tashkilot ushbu masala yuzasidan FIFA bilan hamkorlik qiladi va bu ish yuzasidan tushgan shubhali barcha xujjatlarni FIFAga taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi tur uchrashuvlarida shubhali deb topilgan o‘yinlar bor. “A” guruhida Suriya safardagi bahsning so‘nggi daqiqalarida (parallel ravishda o‘tgan O‘zbekiston – J. Koreya o‘yini yakunlangach) gol kiritib, guruhda uchinchi o‘rinni oldi.

“V” guruhida esa Saudiya Arabistoni o‘z maydonida Yaponiyani mag‘lub etdi va Avstraliyadan ikkinchi o‘rinni tortib oldi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diqqat! OFK JCh-2018 saralashining so‘nggi turidagi shubhali natijalar bo‘yicha tergov ishi boshladi